Xojson: “Angliya terma jamoasi futbolchilari bilan faxrlanaman”

Tolibjon Qosimov
21 iyun 2014, 17:08
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson jamoa bilan ishlashda xato qilmagan deb hisoblaydi.
“Sherlar” Italiya va Urugvayga mag'lub bo'lib, guruhdan chiqish yo'llanmasini qo'ldan boy berishdi.

“Men hech narsadan afsuslanmayman. Men futbolchilar bilan hammasini to'g'ri bajaryapman. Kelajakda jamoamiz kuchli bo'ladi va buning uchun hozir tarkibimizda etarlicha yoshlar mavjud. Ha men aybdorman. Biz turnirga to'liq tayyor edik, ammo omadsizlikka uchradik.

Men o'z ishiga jiddiy qaraydigan futbolchilarimiz bilan faxrlanaman. Bizga bir oz omad yetishmadi” – deydi mutaxassis.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com