Xosep Gvardiola: Londondagi mag'lubiyatga munosib javob bera oldik

Narzulla Saydullayev
5 noya 2015, 07:42
Bavariya bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Arsenal ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (5:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Jamoa mag'lubiyatga munosib javob bera oldi. Biz Londonda yaxshi o'ynab yutqazgandik. Bugun biz uchun final edi. Pley-offga katta qadam tashladik. Endi Olimpiakosni mag'lub etib guruhda birinchi o'rinni ham naqd qilishimiz lozim.

Ayni paytda men ishlagan davrda Bavariyaning eng kuchli tarkibi yig'ilgan, – deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com