Xosep Gvardiola: Boateng Bavariyadan ketmasligiga 100 foiz ishonaman

Narzulla Saydullayev
5 avg 2014, 08:23
Bavariya bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub himoyachisi Jerom Boatengni Barselonaga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Boateng Bavariyadan kyetmaydi. Bunga 100 foiz ishonaman, – deydi Gvardiola.

Oldinroq Barselona sport direktori Andoni Subisarreta Boatengning agentlari bilan uchrashgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bavariya Germaniya terma jamoasi a'zosini 39 million evroga baholayotgandi.

Keyinroq kataloniyaliklar Boatengga qiziqish yo'qligini ma'lum qilishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru