Xosep Gvardiola: “Birinchi bo'limda raqib darvozasini yo'qotib qo'ydik”

Aslanov Jasurbek
27 dek 2016, 01:40
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 18-turidan o'rin olgan “Xall Siti”ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Men o'yindan zavq oldim. Boisi, bugun jamoam g'alaba qozondi. Lekin bu uch ochko osonlik bilan  qo'lga kiritilmadi. Birinchi bo'limda futbolchilarimiz raqib jamoa darvozasi qayerda joylashganini unutib qo'yishdi.

Chempionatda raqobat kuchli bo'lganidan futbolchilar bosim ostida qolib ketishyapti. Buning natijasida o'yinlarda zafar quyish qiyinlashmoqda. Har bir o'yin biz uchun xuddi so'nggisi kabi o'tmoqda”, - dedi BBC kanaliga bergan intervyusida Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, Kingston-apon-Xalledagi “Kingston Kommunikeyshn” stadionida o'tgan uchrashuvda mehmonlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishgandi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif