Xosep Gvardiola: "Bavariya" rahbariyatidan Alkantarani sotib olishni so'radim"

11 iyul 2013, 16:41
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning aytishicha jamoaga Alkantarani taklif etilishi uning say-harakatlari evaziga amalga oshirilgan ishdir.
"Men Karl-Xaync Rumennigge va Mattias Zammerlar bilan Tiagoni jamoaga taklif etish bo'yicha suhbatlashdim. Biroq bu borada hali aniq bir qarorga kelingani yo'q".

"Yana bir yarim himoyachining jamoaga taklif etilishi klub uchun muammo tug'diradi deb o'ylamayman. Alkantara - men yangi jamoada ko'rishni istayotgan yagona yangi futbolchidir", - deydi Gvardiola ESPNga bergan intervyusida.

Manba: sports.ru