Xose Pekerman: Falkao-Kolumbiya futboli timsoli

25 iyun 2018, 09:15
Kolumbiya termasi bosh murabbiyi Polsha ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Ko'plab vaziyatlar sodir etdik, jamoa esa o'zini yaxshi ko'rsatdi. Jumladan, Kuadrado va Xames o'zini maydon ajoyib ko'rsatib, bir-birini doim to'ldirib turdi. Falkao Jahon chempionatida birinchi golini urdi - bu biz uchun katta xursandchilik. U jamoamiz va Kolumbiya futboli timsoli. Biz uning gol urishiga umid qilgandik. Va oxir oqibat gol urishga erishdi”,-dedi Pekerman.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport24