Xorxe Valdano: "Agar "Real" "Granada"ni mag'lub etsa, La Ligada g'olib bo'ladi"

Alisher
13 iyul 2020, 17:45
"Real" sobiq bosh direktori Xorxe Valdano "qaymoqranglilar"ning La Liga chempionligi uchun imkoniyati haqida gapirdi.

"Agar "Real" g'alaba qozonsa, ular La Ligani olishadi deb o'ylayman. Bu qiyin o'yin bo'ladi deb hisoblayman.

Maqsad sari yo'lning oxiriga borish - eng qiyini", - deydi Valdano.

"Real" bugun mehmonda "Granada" bilan o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Transistor