"Sevilya" bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli yaqin vaqtlarda Argentina terma jamoasini boshqaradi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Argentina futbol Assotsiatsiyasi ispan klubi bilan mutaxassisning terma jamoaga o'tishi borasida kelishuvga erishgan. Kelishuvning barcha shartlari 1 iyun kuni hal qilinadi.