Xorvatiya bilan o'yinda Balotellini o'rniga Immobile maydonga tushishi mumkin

15 noya 2014, 23:52
Italiya terma jamoasi hujumchisi mario Balotelli jarohati sabab Xorvatiyaga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
Antonio Konte Mario Balotelli o'rniga Chiro Immobile maydonga tushirishi mumkin. Italiya terma jamoasi himoyachisi Anjelo Ogbonna ham jarohati bilan bog'liq muammo tufayli bu bellashuvda ishtirok eta olmaydi. Antonio Konte uning o'rniga Matteo Darmianni markaziy himoyada sinab ko'rishi taxmin qilinmoqda.

Bugungi mashg'ulotlarda Konte quyidagi tarkib bilan shug'ullandi: Buffon, Darmian, Ranokkiya, Kellini, de Shilo, Kandreva, de Rossi, Markizio, Paskual, Immobile, Dzadza.

Manba: soccer.ru