Xorazmlik “Umid nihollari” munosib kutib olindi

Narzulla Saydullayev
19 apr 2015
Bir necha kun avval Sirdaryo viloyatida “Umid nihollari” sport o'yinlari dasturidan o'rin olgan futbol turnirining saralash o'yinlari nihoyasiga etgandi.
Yakuniy natijalarga ko'ra to'rtta terma jamoa Urganch shahrida uyushtiriladigan respublika bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. Jumladan, ana shunday sharafga Vali Sultonov ustozlik qilayotgan Xorazm viloyati terma jamoasi ham musharraf bo'ldi.
  
Bugun ushbu jamoa Urganch temir yo'l shohbekatida karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Tantanada qatnashgan  viloyat hokimining manaviy-marifiy ishlar bo'yicha yordamchisi SH. Yaxshiboev va boshqalar futbolchi va murabbiylarni musobaqaning hal qiluvchi bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritganligi bilan muborakbod etib, kelgusi bahslarda ham omadlar tilashdi.
  
- Har bir uchrashuvimiz juda keskin va murosasiz kechdi, - deydi Xonqa tumanidagi 29-son umumtalim maktabining 9-sinf o'quvchisi Mirjalol Sobirov. – Shunga qaramay, kuchli to'rt jamoa qatoridan o'rin olishga muvaffaq bo'ldik. Nasib qilsa, vohamizda bo'lib o'tadigan respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritish niyatimiz bor.


Ikrom XUDOYBERGANOV,

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia