“Xorazm” mavsum oldi yig'inini poyoniga etkazmoqda

Narzulla Saydullayev
26 mar 2015, 10:29
Toshkent shahrida o'n kunlik o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlayotgan urganchlik futbolchilar har bir kundan unumli foydalanishga intilishmoqda.
O'tkazilayotgan nazorat  uchrashuvlari ularning texnik va taktik jihatdan mahoratlarini oshirishga xizmat qilayotir.
  
Vali Sultonov shogirdlari navbatdagi uchrashuvda “Lokomotiv” jamoasining yoshlari tarkibiga qarshi maydonga tushishdi. Bu o'yinda “Xorazm”liklar 2:0 hisobida zafar quchishdi. To'plarni Nizom Norov va Feruz Jabborovlar kiritishdi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia