


"Rossonerilar" o'yinchiga yillik 1 mavsum uchun 4 million evro maosh taklif qildi. Turkiyalik xavbekning o'zi esa bonuslardan tashqari 5 million evro ish haqi olishni istayapti.
"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, "Yuventus" vakillari Chalxanogluning atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Turinliklar uni o'z saflariga erkin agent sifatida qo'shib olishmoqchi.



