So'nggi o'rtoqlik o'yinida yaponlar Zambiya terma jamoasini qiyinchilik bilan 4:3 hisobida engishdi.
Birinchi bo'lim boshida yaponlar 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrayotib, g'alabani o'z tomonlariga og'dira olishdi. Xonda bu uchrashuvda dublga erishdi.
"Biz birinchi bora raqibga hisobni ochish uchun imkoniyat berayotganimiz yo'q va bu katta muammo. Ko'p bora Zambiya terma jamoasi o'yin tizginini o'z qo'liga oldi, bu holatni ham yaxshi deya olmayman. Jamoamiz bilan birgalikda qayyerda xatoga yo'l qo'yayotganimizni oydinlashtirib olishimiz kerak. Men hozircha o'yinning videolavhalarini ko'rganim yo'q va uchrashuv haqida boshqa fikr bildira olmayman", - deydi Xonda yapon OAVlariga bergan intervyusida.
Yaponiya jahon chempionati guruh bosqichida Kot-d'Ivuar, Gretsiya va Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.