Xomyakov: "Hakamlar haqida gapirmoqchi emasman, bu mening ishim emas"

Aslanov Jasurbek
11 mar 2023, 20:14
"Andijon" ustozi Aleksandr Xomyakov "Surxon"dan uchralgan mag'lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.

Izohga hojat yo'q. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman, ular bu muvaffaqiyatni ko'proq xohlashdi. Birinchi bo'limda juda yomon o'ynadik - deya gap boshladi Aleksandr Xomyakov.

- Bugungi o'yindagi hakamlik haqida fikr bildira olasizmi?

- Yo'q, bu mening ishim emas. Qizishganda keraksiz gaplar aytgandan, sovuq kallaga hammasini ko'rib chiqish kerak.

- "Andijon" hujumchilariga nima yetishmadi?

- Hujumchilarimizning o'yini umuman o'xshamadi. Jamoa shunday o'ynashini taxmin qilgandim va shunday ham bo'ldi. Biroq o'ylaganlarimizni amalga oshira olmadik. Himoyamiz ishonchli turib beradi deb o'ylagandim, ammo burchak zarbasidan so'ng gol qo'yib yubordik. Izoh bera olmayman. Alamli mag'lubiyat. Hayot davom etadi, ishlashda to'xtamaymiz.

Muammomiz hujumda va hujumga o'tishda. To'pni birinchi o'yin kabi nazorat qila olmayapmiz. To'p bilan sekin ishlayapmiz. Hozircha qiyinchiliklar ko'p.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia