Xolmurodov, Otaqulov va To'raqulov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
28 apr 2016, 14:32
Tartib intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Oliy liga

Sho'rtan himoyachisi Jamol Otaqulov, 4-turda Bunyodkorga qarshi o'yinda qizil kartochka olgandi, u 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

So'g'diyona himoyachisi Akmal Xolmurodov, 6-turda Andijon bilan o'yinda raqibni turtib yuborgani uchun qizil kartochka olgandi, u 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Obod yarim himoyachisi Sanjar To'raqulov, 6-turda Bunyodkorga qarshi o'yinda hakamni haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgandi, futbolchi 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz