

O'tgan mavsum Superligada Dinamo sharafini himoya qilgan Akmal Xolmurodov kuni-kecha O'zbekiston tumani jamoasi safiga borib qo'shildi. 31 yoshli futbolchi samarqandliklar tarkibida 15 ta o'yinda (1111 daqiqa) maydonga tushgan.
Xolmurodov Dinamo bilan xayrlashgach, ma'lum muddat Buxoro ko'rigida ham bo'lganini aytish lozim.
Shuningdek Islombek Ismoilov boshqaruvidagi Turon jamoasiga Mashaldan Elbek Otaqulov va so'nggi mavsumni jaroxat sabab maydon tashqarisida o'tkazgn markaziy yarim himoyachi Sunnatillo Ermatov ham qo'shilganini aytish mumkin.




