

“Cuatro” manbasiga ko'ra, u yakka yetakchiga aylanmoqchi, shu tufayli yozda katta ehtimol bilan madridliklar a'zosiga aylanishi kutilayotgan PSJ a'zosi Kilian Mbappe bilan birga o'ynashni xohlamayapti. Avvalroq, “Real” francuz bilan og'zaki kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
21 yoshli Xoland joriy mavsum Bundesligada 11 o'yinda qatnashib, 13+4 natija ko'rsatmoqda. Uning dortmunliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi esa 150 mln evroga baholanmoqda.



