Xoland Edegorning "Arsenal"ga o'tganiga izoh berdi

Alisher
28 yanv 2021
"Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland hamyurti Martin Edegorning "Real"dan "Arsenal"ga ijara asosida o'tganiga izoh berdi.

"Martinni ko'rish qiziq bo'ladi, "Arsenal" - Angliyadagi katta klub. Albatta, bu jamoaning o'yini "Real"ning o'yinidan farq qiladi, ammo men Edegorni Mikel Arteta jamoasida "o'nlik" vazifasini bajara oladi deb o'ylayman.

Endi Martin futbolda o'ynashdan rohat oladi, unga aynan shu kerak", - deydi Xoland.

Edegor "Arsenal"ga 27 yanvarda o'tdi. London klubi 22 yoshli norvegiyalikni mavsum so'nggiga qadar xarid qilish huquqisiz ijaraga oldi.


AlisherMuallif
Manba: VG