Xoland APLdagi barcha 23ta raqibiga gol urdi, statistika esa dahshatli

Aslanov Jasurbek
24 avg 2024
Erling Xoland APLdagi to'qnash kelgan barcha 23ta jamoa darvozasini ishg'ol qildi.

"Manchester Siti" forvardi bugun "Ipsvich"ga qarshi APL bahsida ikkita gol urdi. Ayni damda Erling Xoland hisobida APLning 68ta bahsida 66ta gol mavjud.

Xoland o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasining 31ta uchrashuvida ishtirok etib, 27ta gol urgan va 5ta golli pas bergan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC