Xoland 850 ming so'm sabab qamoqqa tushishi mumkin

Alisher
24 noya 2024
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Shveytsariyadagi yo'l-harakati qoidalari uchun to'lanmagan jarima sabab bir kunga hibsga olinishi mumkin.

Jarima miqdori 60 frank (850 ming so'm atrofida - CA)ni tashkil etadi. Qayd etilishicha, futbolchi shu sabab Shveytsariya qoidalari bo'yicha qamoqxonada bir kunni o'tkazishi kerak.

Xoland joriy mavsum "Manchester Siti" tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Blick