"Xoffenxaym" yarim himoyachisi Rudi "Milan"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 noya 2016, 11:10
"Xoffenxaym" yarim himoyachisi Sebastyan Rudi "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi qishda klubini o'zgartirishi mumkin. Rudi Italiya grandi vakillari bilan uchrashdi va ular bilan muzokara o'tkazdi. Futbolchi oldinroq xalqaro turnirlarda barqaror ishtirok etib kelayotgan jamoaga o'tishi mumkinligini aytgan edi.

Rudi joriy mavsum Germaniya chempionatining 10 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker