“Xoffenxaym” – “Liverpul" 1:2. Klopp jamoasi Germaniyadan g'alaba bilan ortga qaytadi

Aslanov Jasurbek
15 avg 2017, 23:03
Germaniyada YCHL saralash bosqichi doirasida eng qiziqarli uchrashuvlardan biri yakuniga etdi.

Ayni paytda jamoalar tarkiblari ma'lum.

Chempionlar ligasi, pley off bosqichi

Birinchi uchrashuv.

“Xoffenxaym” – “Liverpul” 1:2 

Xoffenxaym-1899 – Baumann, Bichakchich, Xyubner, Kaderjabek, Fogt, Rupp, Cuber, Demirbay, Gnabri, Kramarich, Vagner.

Liverpul –  Minole, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold, Lovren, Firmino, Djan, Salax, Veynaldum, Mane, Xenderson.


1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi.


11-daqiqa. Mehmonlar o'z jarima maydonchalari ichida qo'pollik ishlatishdi va "Liverpul" darvozasiga penalti. To'p oldida Andrey Kramarich. Zarbaaa.... "Liverpul" posboni Simon Minole zarbani qaytarishga erishdi. Ofarin!

35-daqiqa. GOLLLLLL!!!!!! Aleksandr Arnold hisobni ochdi -0:1.


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI


IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI...


63-daqiqa. "Liverpul" tarkibida o'zgarish: Xenderson o'rniga Jeyms Milner maydonga tushdi.


70-daqiqa. Xavfli vaziyat! Muhammad Saloh o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va darvoza tomon erlatib kuchli zarba yo'lladi. "Xoffenxaym" posboni to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga erishdi...

74-daqiqa. GOLLLLLLLL!!!!! Jeyms Milner o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga yaqinlashdi va to'pni o'tkir burchak ostida turgan bo'lishiga qaramay darvozaning uzoq yuqori burchagiga aniq yo'lladi. Ajoyib zarba va GOL!



82-daqiqa. Xavfli vaziyat! Maydon egalarining keskin hujumlaridan keyin Minole ikki bor darvoza tomon yo'llangan kuchli zarbalarni qaytarishning uddasidan chiqdi...

87-daqiqa. GOOOOLLLLL!!!!!! Nihoyat mezbonlar gol urishga erishishdi...


Uchrashuvning so'nggi daqiqalari ancha keskin kechmoqda. Maydon egalari hisobni tenglashtirish uchun hujumlarga zo'r berishmoqda....

90+1-daqiqa. Mezbonlar jarimadan to'pni o'yinga kiritishdi. Havolatib uzatilgan zarbani "Xoffenxaym" hujumchisigi boshi bilan darvoaga yo'naltirdi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi... O'yin davom etadi...

90+4. Hakamnin final hushtagi yangradi. Qiyin kechgan bahsda Klopp shogirdlari Germaniyadan g'alaba bilan ortga qaytishadi. "Xoffenxaym" - "Liverpul" 1:2

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia