"Xoffenxaym" bosh murabbiy Gisdolni haydab yubormoqchi

Aslanov Jasurbek
20 okt 2015
"Xoffenxaym" bosh murabbiyi Markus Gisdol qiyin vaziyatga tushib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati ayni damda Gisdolni bo'shatishni muhokama qilmoqda. Klub murabbiyni "Gamburg"ga qarshi o'yindan oldin yoki keyin haydash borasida boshi qotgan.

Bundesliganing to'qqiz turidan so'ng "Xoffenxaym" 6 ochko ishlagan va turnir jadvalida so'nggi o'rinlardan birini egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild