Xitoyning bir necha klublari "Barselona" futbolchisi uchun kurashmoqda

Mirjalol Normatov
17 dek 2018, 21:28
"Barselona" futbolchisi Malkomning xizmatlariga Xitoyning bir necha jamoalari qiziqish bildirmoqda.

AS xabariga ko'ra, Xitoyning bir necha klublari "Barselona"ga futbolchi borasida 65 million evrolik taklif bilan chiqqan. Biroq bu xabarga "Barselona" vakillari izoh berishmadi. Bu jamoalar "Guangjou Evergrand" va "Shanxay SIPG" bo'lishi mumkin.

Ushbu yozda Malkom "Bordo"dan 40 million evro evaziga "Barselona"ga o'tdi. Bu mavsumda u Primeroning 5 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS