Xitoy superligasi klublari yanvar oyida transferlar uchun 136 million evro sarflashdi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2016, 08:30
Xitoy superligasi klublari yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida jahon bo'yicha eng ko'p pul sarflashdi.

Bugungi kunga qadar Xitoy Superligasi klublari yangi futbolchilar uchun 136,25 million evro ishlatishdi.

Chelsi Ramiresni Czyansu Sayntiga 33 million evroga, Roma yarim himoyachisi Jervino Xebey Chayna Forchunga 18 million evaziga o'tdi, Shanxay Shenxua Interdan Freddi Guarinni 12 millionga sotib oldi.

E'tiborlisi Xitoy birinchi divizioni klublari yanvar oyida 43,5 million evro sarflashdi. Bu dunyo ligalari orasida to'rtinchi natija hisoblanadi. Italiya A seriyasi klublari yanvar oyida 57 million, APL klublari 116 million sarflashdi. Birinchi o'rinda yuqorida aytganimizdek Xitoy Superligasi egalladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com