Xitoy - O'zbekiston bahsi hakamlari ma'lum!

Mirjalol Normatov
15 okt 2023, 16:10
Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyda mezbon termaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Ushbu uchrashuvni Tam Ping Vun (Gong Kong) boshqarib boradi. Unga qanotlarda Lam Nai Kei Sam va Vong Ping Chung yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa xitoylik Jang Leiga topshirilgan. 

VARda esa Vu Chun Sing faoliyat yuritadi. 

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:35 da “Dalian Sports Center” stadionida start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia