Xitoy klubi Dani Alvesga yiliga 12 mln. evro taklif qilyapti

Aslanov Jasurbek
9 fev 2016, 14:47
Nomi e'lon qilinmayotgan Xitoy Superligasi klublaridan biri "Barselona" himoyachisi Dani Alves xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra. braziliyalik futbolchiga uch yillik shartnoma va yiliga 12 mln. evro taklif qilishmoqda. Taklif Alvesga yuborildi, ammo "Barselona" Xitoy klubidan hech qanday taklif olmadi. Alvesning o'zi Kataloniya klubi bilan bu borada suhbatlashgani yo'q.

Alves o'tgan yili ispan grandini tark etishi mumkin edi, ammo ko'k-anorranglilar bosh murabbiyi Luis Enrike bu futbolchi bilan shartnoma uzaytirilishiga sabab bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo