Xitoy. Ismoilov gol urdi, Ahmedov maydonga tushmadi

Aslanov Jasurbek
6 may 2017, 18:46
Bugun Xitoy chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.


O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov harakat qilayotgan "Shanxay SIPG" jamoasi o'z maydonida "Guijo Zicheng" jamoasini qabul qildi va 3:0 hisobidagi g'alabaga erishdi. Ahmedov ushbu bahsda maydonga tushmadi. Villash Boash legionerlardan Oskar, Elkeson va Xalkni maydonga tushirdi.

"Shanxay SIPG" - "Guijo Zicheng" 3:0
Gollar:
Vang Chenchao 43, Xalk 72, Elekson 89 penalti


Boshqa bir hamyurtimiz Anzur Ismoilov jamoasi "Chanchun Yatai" safarda g'alabaga erishdi. Ismoilov uchrashuvda to'liq o'ynadi va 5-daqiqada o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. .

"Tianjin Kuanjian" - "Chanchun Yatai" 1:3
Gollar
: Aksel Vitcel 31 penalti - Anzur Ismoilov 5, Sabolch Xusti 45 penalti, 79


Xitoy Superligasi. >>> Musobaqa jadvali

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia