Xitoy. "Guanchjou Evergrand" chempion, "Shanxay SIPG" vice-chempion

Narzulla Saydullayev
23 okt 2017, 00:10
Xitoy Superligasida 28-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

"Guanchjou Evergrand" o'z uyida "Guychjou Toro"ni 5:1 hisobida taslim qildi. Uni taqib qilib kelayotgan "Shanxay SIPG" o'z maydonida "Changsha Ginde"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Shu tariqa chempionat tugashiga 2 tur qolganida Luiz Felipe Skolari boshchiligidagi "Guanchjou" muddatdan avval chempionga aylandi. Jamoa ketma-ket ettinchi marta Superligada g'olib chiqdi.

Odil Ahmedov o'ynayotgan "Shanxay SIPG" esa vice-chempionga aylandi. Bugungi uchrashuvda Ahmedov maydonga tushmadi.

Xitoy Superligasi. 28-tur.
"Guanchjou Evergrand" - "Guychjou Toro" 5:1
Gollar:
Gao Lin 15, Alan De Karvalo 17, Rikardo Gulart 52, YU Xanchao 77, Muriki 90 - Fan Vang 29

"Shanxay SIPG" - "Changsha Ginde" 1:2
Gollar
: Xalk 60 - Jiang Jiaxon 5, Eran Zaxavi 49


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia