

Biroz oldin saytimizda ushbu o'yin to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etilmasligi haqida xabar chop etilgan edi. Hozirgina Sport telekanali xodimi bilan aloqaga chiqdik. Sport TV xodimi bu haqdagi savolimizga quyidagicha javob berdi: "Hozirga kelib Xitoy - O'zbekiston o'yinini to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadigan bo'lib turibmiz. Agar, o'sha kuni kutilmagan holat yuzaga kelmasa terma jamoamizning Xitoy bilan uchrashuvini jonli tarzda tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi".
Demak, muxlislar O'zbekiston terma jamoasining xitoyliklarga qarshi o'yinini jonli tarzda ko'rishlari mumkin.




