Xitoy. "Chanchun Yatai" durang o'ynadi, Anzur Ismoilovda 90 daqiqa

Narzulla Saydullayev
3 avg 2014, 10:54
Xitoy Superligasida 17-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Xitoy superligasi

Hamyurtimiz Anzur Ismoilov faoliyat olib borayotgan "Chanchun Yatai" klubi safarda "Xenan Czyanie"ga qarshi o'ynadi. Bahsda 0:0 hisobi qayd etildi. Uchrashuvda Ismoilov doimgidek to'liq o'ynadi. Klub 17 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasidan o'rin olgan. "Chanchun Yatai" endi bugun o'z uyida "Guanchjou"ga qarshi o'ynaydi.

"Xenan Czyanie" - "Chanchun Yatai" 0:0


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia