"Xetafe" "Real" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
4 iyul 2024, 17:32
Bu haqida "Marca" nashri xabar bermoqda.

"Xetafe" "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Peter Federiko bilan shartnoma imzolashi mumkin. Dominikanlik vinger o'tgan mavsumni ijara huquqi asosida "Valensiya"da o'tkazdi.

Futbolchining o'zi ham bu transferga qiziqish bilan qaramoqda. Hozircha "Xetafe" futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga oladimi yoki to'laqonli transferni amalga oshiradimi ma'lum emas.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Peter Federiko La Liganing 15 o'yinida maydonga tushdi va 1 ta golli uzatma etkazib berdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca