"Xetafe" La Liga antirekordini takrorladi

Alisher
27 sen 2021, 16:04
"Xetafe" kecha La Liga 7-tur doirasida "Betis"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Michel Gonsales shogirdlari La Liga antirekordini takrorlashdi.

"Xetafe" Ispaniya chempionati 2021/22 yilgi mavsum dastlabki etti turda barchasida mag'lub bo'ldi. Bu La Ligada so'nggi 25 yildagi ilk va musobaqaning butun tarixidagi to'rtinchi natijadir.

"Xetafe" 7 turdan so'ng birorta ochko jamg'ara olmadi va 2:12 to'plar nisbati bilan so'nggi o'ringa joylashgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: OptaJose