"Xetafe" "Bavariya" o'yinchisi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
25 yanv 2021, 15:15
"Bavariya" xavbeki Xavi Martines klubdan ketishga yaqin.

"Xetafe" myunxenliklarning 32 yoshli ispaniyalik futbolchisini yozgi transferlar oynasida 5 million evro evaziga xarid qilishga tayyor.

Oldinroq, ispaniyalik futbolchiga uchun uni tarbiyalagan Bilbaoning "Atletik" klubi da'vogarlik qilayotgani aytilgan edi.

Martines joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Germany