Xenrik Larsson: “Messi bugungi kunda dunyoning eng yaxshi futbolchisi”

28 mar 2021, 09:20
“Barselona”ning sobiq forvardi, ayni paytda Kataloniya klubida yordamchi murabbiyi sifatida faoliyat yuritayotgan Xenrik Larsson jamoa hujumchisi Lionel Messsi haqidqagi fiklari bilan o'rtoqlashdi.

“Barsa”da to'p tepgan vaqtidamda u judayam yosh yigitcha edi. Asosiy tarkib bilan mashg'ulotga kelgan ilk kunini yaxshi eslayman. Jovanni van Bronkxorst bilan bu yigitcha kim bo'ldi, deya bir birmizga savol bergandik. Ushandayoq u yaxshi futbolchi edi va bugungi kunda dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylangan.

U maydonda qilayotgan har bir ish  esda qolarli bo'lmoqda. U yillar davomida yuqori darajada to'p tepishini hech kim kutmagandi. Leo kiritgan gollar soni hayratlanarli, betakror. Uning gollarini tariflashga ojizman”, dedi Larsson.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Барселона" расмий сайти