Xenderson: "Stok Siti"ga qarshi o'yin yaxshi sinov bo'ldi"

Tolibjon Qosimov
28 dek 2016, 11:51
"Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Xenderson APL 18-turi doirasida "Stok Siti" ustidan qog'onilgan g'alaba (4:1)ni izohlab o'tdi.
"Stok Siti" birinchi daqiqadanoq juda kuchli pressing qilishni boshladi, shuning uchun ham bizga qiyin bo'ldi. Raqib hisobni ochdi, lekin biz vaziyatni o'ngladik va o'yinni to'liq nazorat qildik. Hisobni tenglashtirganimizdan so'ng maydonda to'liq ustunlikni qo'lga oldik. Sovrin uchun qolgan klublarning ishlari qanday ketayotgani biz uchun ahamiyatga ega emas. Biz faqat o'z maqsadimiz haqida o'ylaymiz. Har bir g'alaba - yaxshi natija. "Stok Siti"ga qarshi o'yin yaxshi sinov bo'ldi", - deydi Xenderson.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports