Xenderson davolanish uchun AQSHga yo'l oldi

Aslanov Jasurbek
15 sen 2015, 17:43
Angliya terma jamoasi va "Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Xenderson jarohatidan davolanish uchun AQSHga yo'l oldi.

26 yoshli futbolchi jarohati tufayli "Liverpul"ning Angliya chempionatidagi so'nggi uch uchrashuvini o'tkazib yubordi. Yarim himoyachi AQSHda oyoqqa turishni tezlashtiruvchi tibbiy jarayonlardan o'tadi. Xendersonning boshqa qitaga yo'l olishi "Liverpul" tibbiy shtabining darajasi bilan bog'liq emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com