Xekking: "Hakam Shnayderlinni chetlatishi kerak edi"

Aslanov Jasurbek
1 okt 2015, 15:49
"Volfsburg" bosh murabbiyi Diter Xekking "Manchester Yunayted"ga qarshi kechgan o'yin (1:2) haqida fikr bildirdi.

"O'yinni yaxshi boshladik va "Yunayted" darvozasiga gol urdik. Raqib penalti bilan hisobni tenglashtirdi, ikkinchi golda esa omadimiz kelmadi. So'nggi 20-25 daqiqada biz raqibga bosim o'tkazdik. 84-daqiqada Shnayderlin Drakslerni yiqitdi. Hakam o'sha vaziyatda qizil kartochka ko'rsatishi loim edi va shunda so'nggi daqiqalarda son jihatdan ustunlik qilardik. Endi hammasi PSVga qarshi o'yinlarga bog'liq, asosiysi - uydagi bahslarda g'olib bo'lish" - deydi Xekking.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com