Xayrulla Karimov ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2016, 14:55
Mamlakat kubogining nimchorak finalidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda jamoamiz sardori Xayrulla Karimov qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.

Bugun PFL rasmiy sayti tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilish qarorini e'lon qildi. Unga ko'ra Xayrulla Karimov ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi. Karimov “Buxoro” bilan o'tgan uchrashuvda maydonga tushmagandi. Demak, Karimov Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan o'tadigan bahsda ham ishtirok eta olmaydi. Jamoamiz sardori 12-turda maydonga qaytish imkoniga ega bo'ladi.

Yoshlar birinchiligining 10-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv chog'ida yoshlar jamoasi murabbiyi Durbek Umaraliev zaxira o'rindig'idan chetlatilgandi. Hakamga etiroz bildirgani sababli muxlislar safidan joy olishga majbur bo'lgan Umaraliev ogohlantirilib, jarimaga tortildi. TIQ qarorida agarda shunga o'xshash holat takrorlanadigan bo'lsa yanada keskin jazo choralari ko'rilishi ko'rsatib o'tilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz