Xayrulla Karimov: "Bizga ham, "Andijon"ga ham g'alaba kerak"

Narzulla Saydullayev
1 iyul 2016
Oliy liganing 15-turida "Navbahor" va "Andijon" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.
Ushbu bahs oldidan "lochinlar" himoyachisi Xayrulla Karimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bizni qiyin o'yin kutib turadi. Vodiy derbisi doim qiyin kechadi. Biz ham musobaqa jadvalidagi mavqeimizni to'g'rilashimiz kerak, ular ham g'alaba uchun Namanganga kelishadi. Bizda ortga yo'l yo'q. Shu bois bahs qiziqarli kechishiga shubha yo'q", - deydi Xayrulla Karimov.

"Navbahor" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia