Xavi: "Zidanning "Real"dagi ishlari yurishib ketishiga ishonaman"

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2016, 11:10
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning "Al-Sadd" sharafini himoya qilayotgan Xavi Ernandesning fikricha, "Real" bosh murabbiyligi vazifasiga Zinedin Zidanning tayinlanishi - jamoa uchun to'g'ri qaror.

"Albatta, Zidan menga yoqadi. Yaqinda Parijdagi bir tadbirda u bilan suhbatlashdim. Biz futbol haqida gaplashdik. Uning "Real"dagi ishlari yurishib ketishiga ishonaman. U bu sport turida buyuk bo'lgan, "Real" esa doimo sovrinlar uchun kurashib keladi" - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: EFE