Xavi: "Messi Ronaldudan kuchliroq, ammo Krishtianu aqlli emas deb aytmaganman"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2016
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes so'zlariga ko'ra, oldinroq Krishtianu Ronaldu haqida aytgan gaplarini noto'g'ri tushunishgan.

"Futbolda ikki xil tezlik bor: Birinchisi jismoniy jihatlar, bu borada Ronaldu va Messi teng. Ikkinchisi esa paslar yordamida jamoadoshlari bilan o'zaro bir-birini tushunishi. Ushbu jihat bo'yicha Messi Ronaldudan kuchliroq. Krishtianu Ronaldu kombinacion o'yinda yaxshi deya olmayman. U pas beruvchi emas, shu sababli Messini jahondagi eng yaxshi futbolchi degandim. Ammo hech qachon Ronaldu aqlli emas demaganman" - deydi Xavi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Movistar +