Xavi Martines: "Asensio Yevropaning eng iqtidorli futbolchilaridan"

Mirjalol Normatov
27 mar 2018, 17:20
"Bavariya" yarim himoyachisi Xavi Martines "Real"dagi vatandoshi Marko Asensioning o'yinlariga izoh berdi.

"Asensio Yevropaning eng iqtidorli futbolchilaridan. Uning o'yini kuchayib borayotganidan xursandman. Bu mavsumda u ko'p narsalarga qodir ekanligini ko'rsatib berdi. Keyingi mavsumda u dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biriga aylana oladi", - dedi Martines.

Bu mavsumda Asensio "Real" tarkibida 40 uchrashuvda maydonga tushib, 10 gol urdi va 6 samarali pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru