"Bavariya" Martinesning ketishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
4 may 2021, 19:18
Yarim himoyachi Xavi Martines ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Bavariya"dan ketadi.

Tomonlar 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomaning uzaytirishmadi.

Ispaniyalik 2012 yildan buyon myunxenliklar tarkibida o'ynayotgandi. 9 mavsum davomida u 266 o'yinda 14 gol va 11 assist qayd etdi.

32 yoshli Martines "Bavariya" bilan 23ta sovrin qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbayernde