

“Braziliya va Argentinani boshqalardan bir pog'ona yuqoriroqda ko'rmoqdaman. Shu jumladan, oxirgi olti oy ichida biz yana eng yaxshi Messini ko'rdik”, - dedi Xavi.
Bundan tashqari, mutaxassis Ispaniya terma jamoasini alohida ta'kidlab o'tdi. Xavining fikricha, Luis Enrike shogirdlari ushbu turnirda o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsata oladi.
Argentina Saudiya Arabistoniga (22-noyabr), Braziliya Serbiyaga (24-noyabr), Ispaniya esa Kosta-Rikaga (23-noyabr) qarshi o'yinlar orqali jahon chempionatida o'z yurishini boshlaydi.



