

"Pep - g'olib. U joriy mavsumda barcha sovrinlarni qo'lga kiritmoqchi, bunday jamoa bilan ushbu vazifani uddasidan chiqish mumkin. Gvardiola "Barselona" bilan treblga erishdi va bu mavsum "shaharliklar" bilan 4 yoki 5 ta sovrin yutishi mumkin. "Manchester Siti"da ikkinchi tarkib yo'q. Ha, Pep Kubok o'yinlarida rotaciyalar amalga oshirishi mumkin, ammo jamoadagi barcha futbolchilar - jahon darajasida va "Siti"ning kuchi shunda" - deydi Xavi.



