Xavi: "Dibala va Verattida "Barselona" qoni bor, Pogba esa boshqacha o'ynaydi"

Aslanov Jasurbek
12 fev 2016, 14:16
"Al-Sadd" yarim himoyachisi Xavi Ernandes "Barselona" o'yiniga mos tushuvchi futbolchilar haqida fikr bildirdi.
"Dibala va Veratti o'yinidan hayratlanaman, ularda "Barselona" qoni bor. Bu futbolchilar ajoyib iqtidorga ega. Kelajakda ularni "Barselona" futbolchisi sifatida ko'raman.
Pogba kuchli futbolchi. Unga qarshi o'ynaganman. Pol Fransiya terma jamoasi va "Yuventus" safida muvaffaqiyatga erishadi, ammo "Barselona"ning uslubidagidek o'ynamaydi. Agar Pogbani menga berishganida, uni olgan bo'lar edim" - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo