Xavi Depayga ketishi kerakligini aytgan

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022, 17:12
"Barselona" yarim himoyachi Memfis Depaydan qutulmoqchi.

"As" xabariga ko'ra, Xavi AQSHdagi yig'inlar davomida yarim himoyachi bilan uchrashuv tashkil qilgan. Murabbiy holatni to'g'ri tushuntirib, o'zining talablarini ochiq-oydin ma'lum qilgan.

Robert Levandovski hamda Rafinyaning transferidan keyin, shuningdek, Usmon Dembelening klubda qolgani oydinlashganidan so'ng Depayning o'yin amaliyotisiz qolish extimoli ko'payib ketgan. Shu sababli "ko'k-anorranglilar" murabbiyi futbolchiga jamoadan ketishi kerakligini, aks holda mavsumni zaxira o'rindig'ida o'tkazib yuborishini ma'lum qilgan.

"Barselona" transfyerdan 20 million evro ishlab olishni istamoqda. Uning klub bilan yana 1 mavsumlik shartnomasi bor. O'tgan mavsumda Memfis "Barselona" tarkibida 37 o'yinda qatnashib, 13 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As