Xavi "Barselona"ning ikki yulduz o'yinchisini sotishga ruxsat berdi

Alisher
10 dek 2021, 16:04
"Barselona"ni yaqin transfer oynasida ikki asosiy o'yinchilar tark etishi mumkin.

Niderlandiyalik xavbek Frenki de Yong va germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen jamoadan ketishga yaqinlar.

"Ko'k-anorranglilar" ustozi Xavi yuqorida tilga olingan o'yinchilarni sotishga ruxsat berdi. "Chiqish" ro'yxatidan shuningdek himoyachi Serjino Dest ham paydo bo'ldi.

Kataloniya jamoasi joriy mavsumning birinchi qismini muvaffaqiyatsiz o'tkazdi. "Barsa" Chempionlar Ligasida keyingi bosqichga chiqa olmadi, La Ligada esa 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun