Xaver Pastore: "PSJ shu ruhda davom etsa, natijalar o'z-o'zidan kelaveradi"

Aziz Tukhtamuradov
10 avg 2014, 00:03
PSJ jamoasi yarim himoyachisi Xaver Pastore podadan oldin chang chiqarmaslik kerakligini aytib o'tdi.
Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatdi. O'ylashimcha, biz ko'proq to'pni nazorat qildik. Darvoza tomon ko'plab zarbalar berdik va bir qancha vaziyatlar yaratdik. Lekin barcha imkoniyatlardan foydalana olmadik. Agarda shu ruhda davom etsak, natijalar o'z-o'zidan kelaveradi. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi turda muammolar bo'lib turishi bu tabiiy holat.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru